DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

Sport

image

Bugun, 6 aprel kuni Toshkent shahrida futbol bo‘yicha Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) kubogi bahslarining Toshkent shahar bosqichi yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda futbol va mini futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berilgani e’lon qilinib, mahallalar o‘z jamoalarini tayyorlashi, tegishli komissiyaga hujjatlarini takdim etishi so‘raldi. 

Tadbirda Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman bo‘limlari boshliqlari, Toshkent shahar xokimligi, Sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi mutasaddilari, tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, mahalla va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limlari rahbarlari hamda sport maktablari direktorlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, brifingga OAV vakillari, jumladan, televideniye, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi faol blogerlar taklif etildi.

Brifingda o‘zbek futboli fahriysi Birodar Abduraimov so‘zga chiqib, turnir ishtirokchilarga omad tiladi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakili Zohir Akromxonov turnir qatnashchilarini musobaqa nizomi bilan tanishtirdi.

Shuningdek, brifingda musobaqada qatnashayotgan tumanlarning tegishli tashkilotlar mutasaddilariga qayd etilgan nizomdan kelib chiqib, o‘z hududida futbol va mini futbol musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Tadbir yakunida tez orada shahar bosqichi bahslariga qur’a tashlanishi qo‘shimcha qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent futbol mini futbol Davlat xavfsizligi xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing