Ukraina O‘zbekistonning Rossiya bilan iliq munosabatlariga aralashmoqchi emas
Tahlil
−
11 Sentabr
15164Bugun, 11 sentyabrda Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasida mahalliy OAV uchun brifing o‘tkazildi.
Brifing chog‘ida Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda mintaqa va jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi voqealar muhokama qilindi. Elchi Ukraina hukumatidagi yangi tayinlovlar va Prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan hukumat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, shuningdek, Ukraina diplomatiyasining Ikkinchi Tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berdi.
"O‘ylaymanki, siz Ukraina hukumatidagi o‘zgarishlar haqidagi xabarlar bilan to‘ldirilgan axborot vositalarini o‘qidingiz va o‘qishda davom etyapsiz. Ushbu o‘zgarishlar asosiy vazirlik va idoralarga ta’sir ko‘rsatdi. Darhaqiqat, Denis Shmigal hukumatida 10 ta vazir darajasidagi yangi tayinlovlar bo‘ldi.
Prezident Vladimir Zelenskiy ta’kidlaganidek, o‘zgarishlar Rossiya tajovuzi va Rossiyaning mamlakatimiz va uning xalqiga hujumlari kuchayishi sharoitida hukumat ishiga yangi sur’at bag‘ishlashdan iborat. Ukraina jamiyatidagi o‘zgarishlarning sababi aniq va o‘ylaymanki, jahon ommaviy axborot vositalarida prezident nutqidan keyin bu ham keng yoritildi va oydinlashdi.
Vladimir Zelenskiy parlament yig‘ilishida so‘zga chiqib, davlat institutlari endi imkon qadar avvalgidan ko‘ra faolroq ishlashi va barcha darajalarda aktiv ish olib borishi juda muhimligini aytdi va jiddiy kuchaytirishni talab qiladigan qator yo‘nalishlarni, xususan, mudofaa ishlab chiqarishiga sheriklar sarmoyasini ko‘paytirish, Yevropa Ittifoqi bilan bo‘lajak qo‘shilish kelishuviga tayyorgarlik bo‘yicha muzokaralarda faolroq olg‘a borishni ilgari surishni ta’kidladi.
Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomini olganini, Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar boshlanganini, ular allaqachon boshlanganini bilasiz. Ammo Yevropa Ittifoqi tomonidan qo‘yilgan vazifalar tezlashtirilgan yechimni talab qiladi va bu yerda ham Prezident ijro hokimiyatidan tezkor qadamlar va faollikni talab qiladi.
U, shuningdek, markaziy hukumat va jamiyat o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan katta hamkorlik va o‘zaro tushunish haqida gapirdi", dedi elchi.
Elchi Nikolay Doroshenko Ukraina hukumatidagi o‘zgarishlarga alohida to‘xtalib, mamlakatning yangi Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibigani uzoq yillik diplomatik faoliyati haqida so‘z ochdi va uni juda tajribali diplomat deb atadi. Bundan tashqari, u jurnalistlarning mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning turli jabhalari, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sarmoya, madaniyat va ta’lim sohalariga oid ko‘plab savollariga javob berdi.
"Andrey Sibiga Tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu vaqtga qadar u Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, bungacha esa Prezidentning diplomatik maslahatchisi, Prezident devoni rahbarining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, shuningdek, Ukrainaning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan. U uchinchi kotibdan tortib vazirgacha diplomatik xizmatning deyarli barcha bosqichlarini bosib o‘tgan tajribali diplomat. Shunday kuchli boshqaruvchining kelgani vazirligimiz uchun yaxshi mukofot", dedi Doroshenko.
Jurnalistlar kutilganidek ortda qolgan kunlardagi Rossiya Bosh vaziri Mishustinning O‘zbekistonga tashrifi va uning ahamiyati haqida elchini savolga tutdi. Biroq Doroshenko Mishustinning tashrifini izohlamasligi, chunki bu respublikaning ichki ishi ekanligini ta’kidladi.
"Men mamlakatingizning ichki siyosatiga izoh bermayman, bu sizning xalqingizning, parlamentingiz va siyosatchilaringizning huquqidir.
Lekin O‘zbekiston, (sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz) Komilovning 2022 yil 16 mart kuni Oliy Majlisda so‘zlagan nutqiga ko‘ra, bu masalada neytralitet maqomini saqlaydi va masalani siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori.
Bilasizmi, ba’zida ommaviy axborot vositalarida kimdir biror narsa so‘raganligi haqidagi e’lonlar har doim ham amalga oshirilmaydi. E’lon qilingandan to amalga oshirishgacha ko‘p vaqt talab etiladi. Lekin bu sizning hukumatingizning huquqi va mas’uliyati. Ishonchim komilki, ikki tomonlama mahsulotlarni ishlab chiqarmaslik uchun yetarli donolik bor, chunki siz ishlab chiqarilayotgan narsaning qattiq monitoringi borligini va bunday mahsulotlardan foydalanish uchun ba’zi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini bilasiz", dedi elchi.
Ukraina elchisi urush boshlanganidan buyon O‘zbekiston va Ukrainaga tovar yetkazib berish Rossiya orqali o‘tadigan yo‘lak yopilgani sababli murakkablashgani, biroq mamlakatlar savdo aylanmasini oshirish yo‘llarini izlashda davom etayotganini ham aytib o‘tdi. Agar statistik ma’lumotlarga nazar tashlasak, Nikolay Doroshenko aytganidek, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangandan buyon Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi keskin pastlaganini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bosqin boshlangunga qadar, aniqrog‘i 2021 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 700 mln dollar atrofida bo‘lgan. Ammo bu ko‘rsatkich 2022 yilda 2 barobardan ortiqqa pasayib 306 mln, 2023 yilda esa 8 martaga pastlab, atigi 92 mln dollarni tashkil qildi. Ammo elchining so‘zlariga ko‘ra, qiyin sharoitlarga qaramay, biznes va iqtisodiy hamkorlik mutlaq to‘xtab qolganicha yo‘q va hatto Ukrainada urush sharoitidagi davrga qaramay, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan ochilgan kamida 1500 kompaniya ro‘yxatga olingan. Elchi Doroshenko o‘zbek biznesmenlari kelgusida ham mamlakat taraqqiyotiga sarmoya kiritishiga umid qilishini aholida ta’kidlab o‘tdi.
"Urush boshlanganidan beri Rossiya o‘z hududi orqali O‘rta Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga mahsulot yetkazib berishni taqiqlab qo‘ygan. Endi mahsulotlar Kaspiy yo‘lagi orqali, Transkaspiy yo‘lagi orqali paromda yoki Oqtau portiga, yoki Turkmanboshi portiga, so‘ngra O‘zbekistonga yetkaziladi va bu transport masalasini qiyinlashtiradi.
Bundan tashqari, transport narxi 10mingdan 15 ming dollargacha. Oldin esa bu xarajat taxminan 4,5 ming dollarga teng edi. Shunga ko‘ra, tovarlarning narxi ko‘tarildi. Bizda don, kungaboqar yog‘i, qisqa qilib aytganda O‘zbekiston bozori talab qiladigan mahsulotlar mavjud. Lekin logistika tovarlarning narxini oshirdi. Ammo shu bilan birga, bizning biznesimiz faol ishlamoqda va biz Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini biroz bo‘lsada oshirish istiqbollarini ko‘rmoqdamiz", dedi diplomat.
Elchi, shuningdek, ukrainalik bolalar 2023 yilda O‘zbekistondagi sog‘lomlashtirish lagerlariga keltirilgani va afsuski, bu yil bu jarayon elchixonaga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra amalga oshmay qolganini ham eslab o‘tdi.
"Darvoqe, bolalar haqida, o‘tgan yili O‘zbekiston shunday ajoyib ishora qildi: ukrainalik bolalarni sog‘lig‘ini yaxshilashga taklif qildi, ellik nafar bolani olib kelish taklif qilindi.
Afsuski, bu yozda ma’lum holatlar tufayli bu amalga oshmadi. Umid qilamizki, bu mavzu muhokama qilinadi va nafaqat muhokama qilinadi, balki kelajakda hal qilinadi. Biz shunday umid qilamiz", dedi elchi.
Brifing yakunida esa u Ukraina O‘zbekiston bosqinni tugatish maqsadi ko‘zlangan “tinchlik formulasi” bo‘yicha kommyunikega qo‘shilib, gumanitar va atrof-muhit masalalari bo‘yicha maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini bildirdi va eng so‘nggida o‘zbek OAVlarida faollashish niyati borligini yashirmadi. Malumot o‘rnida qayd etish joizki, Nikolay Doroshenko Ukraina elchisi sifatida 2020 yildan buyon diplomatik missiyasini davom ettirib keladi. Bungacha u 2015-2017 yillar oralig‘ida Qirg‘izistonda shunday vazifani bajargan.
LiveBarchasi