Rossiya va Ukraina bir-biriga dron hujumi uyushtirdi
Olam
−
02 yanvar
4601Rossiya askarlari kecha, 1 yanvar kuni tunda turli xildagi 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi. Dronlar Bryansk, Oryol, Kursk va Primorsko-Axtarsk tumanlaridan uchirilgan. Bu haqda bugun, 2 yanvar kuni ertalab Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 8:30 holatiga ko‘ra, 47 ta Shahed hujumchi dronlari va boshqa turdagi uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilgan. Yana 24 ta dron "mahalliy ravishda salbiy oqibatlarsiz", bittasi havoda yo‘q qilingan. Ukraina rasmiylari qurbonlar bor-yo‘qligi yoki infratuzilmaga zarar yetgani haqida xabar bermadi.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi 13 ta Ukraina uchuvchisiz dronlari bir kechada Rossiya hududlari ustida navbatchilik qilayotgan havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bitta dron Voronej viloyati, uchtasi Belgorod viloyati, to‘rttasi Bryansk viloyati, to‘rttasi Kursk viloyati va bittasi Kaluga viloyati ustidan “yo‘q qilingan”. Shu bilan birga, Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz hudud ustidan oltita dron urib tushirilganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, tungi vaqtda Saratov, Penza, Saransk, Ulyanovsk va Qozon aeroportlarida samolyotlarning uchishi va qo‘nishiga cheklovlar joriy etilgan.
"Fuqarolik parvozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi", deb xabar qildi Federal havo transporti agentligi.
Eslatib o‘tamiz, 27 dekabr kuni ham Rossiyaning bir qator aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.
LiveBarchasi