Ukraina dronlari Voronejdagi spirtli ichimliklar zavodlariga hujum qildi (video)
Olam
−
28 Oktabr 2024 4504 1 daqiqa
Rossiyaning Voronej viloyatida kecha, 27 oktyabr kuni tunda dronlar ikkita korxonaga hujum qildi, ulardan birida ikki xodim jarohatlandi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi.
“Anninskiy tumanida korxonaning ikki xodimi jarohatlangan. Biri statsionar davolanishga, ikkinchisi ambulator davolanishga yuboriladi”, dedi u.
Ushbu korxonada yong‘in sodir bo‘lib, soat 2:00 atrofida o‘chirilgan.
Turli maqsadlar uchun ishlatiladigan bir nechta bino va inshootlar, shuningdek, jihozlar shikastlangan. Zavod tashqarisida ikkita garaj, turarjoy binosi va elektr uzatish liniyasi zarar ko‘rgan.
Hujum qilingan yana bir korxona Novoxoperskiy tumanida joylashgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan; bitta xo‘jalik binosining tomi va konteyner shikastlangan.
“SHOT”ning yozishicha, ikkita spirtli ichimliklar zavodiga hujum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkovga hujum qilgandi. Shaharning Xolodnogorsk tumanida to‘qqiz qavatli bino vayron bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr