Ukraina droni Rossiyaning qiruvchi samolyotini urib tushirdi (video)
Olam
−
03 may 15898 2 daqiqa
Kecha, 2 may kuni Rossiyaning bir necha hududlariga qilingan keng ko‘lamli dron hujumi vaqtida Ukraina Qurolli kuchlari Qora dengiz akvatoriyasida Novorossiysk shahri yaqinida Rossiyaning ko‘p funksiyali Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi huzuridagi Bosh razvedka boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujumni Magura nomli dengiz droni amalga oshirgan. Dron samolyotga qiymati 50 million dollar bo‘lgan ZUR R-73 rusumli issiqlik boshqaruv tizimiga ega “havo-havo” raketasini uchirgan. Ukraina razvedkasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qiruvchi samolyot yonib ketgan va dengizga qulagan. Razvedka matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu “dengiz droni tomonidan jangovar samolyotni yo‘q qilish bo‘yicha dunyodagi ilk holat” bo‘lgan.
Ukraina razvedkasining bu bayonotini ayrim rus harbiy blogerlari ham tasdiqlagan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Novorossiyskdan 50 km g‘arbda joylashgan hududda ekipajsiz katerdan R-73 zenit raketasi yordamida Rossiya dengiz aviatsiyasiga tegishli Su-30 qiruvchisi urib tushirilgan”, deb xabar bergan “Voyenkor Kotenok” kanali.
Mazkur hujum 3 may tongida Novorossiyskka uyushtirilgan ukrain dronlari reydining bir qismi bo‘lib, shundan so‘ng shaharda favqulodda holat joriy etilgan.
“Ribarya” kanalining yozishicha, Su-30 samolyoti 2 may kechasi urib tushirilgan. Ukraina Qurolli Kuchlari bu yerda “aldov” taktikasi qo‘llagan: Rossiya Harbiy havo kuchlarining qirg‘oq mudofaasida bo‘lgan samolyotlari dengizga chuqur kirishga majbur qilingan va keyin hujumga uchragan. Uchuvchilar katapult qilishga ulgurgan va keyinchalik fuqarolik dengizchilari tomonidan qutqarilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr