Ukraina chegarasidagi keskinlik: AQSH 9 mingga yaqin askarni jangovar holatga keltirdi
Olam
−
25 yanvar 2022
13075Pentagon Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli AQSHda joylashgan 8500 nafar harbiy xizmatchini shay holatga keltirdi. Bu haqda departamentning rasmiy vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, NATOdan tegishli so‘rov bo‘lsa yoki “boshqa vaziyatlarda” bu qo‘shinlar tezda Yevropaga o‘tkazilishi mumkin.
“Hozircha bu qo‘shinlarni Yevropaga joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan”, degan Kirbi.
Avvalroq, Pentagon AQSH Prezidenti Jo Baydenga Ukraina atrofida vaziyat yomonlashsa, Sharqiy Yevropa davlatlariga guruh soni o‘n baravar oshishi mumkin bo‘lgan mingdan besh minggacha qo‘shin yuborishni taklif qilgani aytilgandi. Bayden bir hafta ichida bu bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va asossiz keskinlikning kuchayishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi.
LiveBarchasi