Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Ukraina bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaymiz – Mirziyoyev

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u bugun, 4 aprel kuni “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida so‘z ochdi. 

“Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda.

Biz geosiyosiy ziddiyatlar, xavfsizlik muammolari, yirik mintaqaviy mojarolarning hamda barqaror taraqqiyotga nisbatan ijtimoiy va iqtisodiy tahdidlarning kuchayishiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, dedi Mirziyoyev.

U hech bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz bu qadar murakkab masalalarni mustaqil holda hal etishga qodir emasligi ayon ekanini aytdi.

Shu munosabat bilan Prezident Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi an’anaviy sheriklar bo‘lib, o‘zaro yaqin hamkorlik uchun talab faqat o‘sib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Mirziyoyev O‘zbekiston ham Yevropa tomoni kabi xalqaro huquqning tamoyil va me’yorlariga sodiq ekanini bildirdi.

“Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar jarayonlari boshlanganini olqishlaymiz va to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Oldinda juda murakkab va yechimi oson bo‘lmagan masalalar turganini tushunamiz.

Biroq diplomatik sa’y-harakatlar va siyosiy qarorlar qabul qilishdan boshqa muqobil yo‘lni biz ko‘rmayapmiz”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo – Evropa Ittifoqi Samarqand sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing