Tramp Ukraina bir kun Rossiyaniki bo‘lishi mumkinligini aytdi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi tomonidan harbiy tajovuzga uchragan Ukraina “bir kun Rossiyaniki bo‘lib qolishi mumkin”ligini istisno etmaydi. Bu haqda Tramp kecha, 10 fevral kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Ular (ukrainaliklar) kelishuvga erishishi mumkin, erishmasligi mumkin. Bir kun kelib ular rossiyalik bo‘lib qolishi mumkin yoki hech qachon rossiyalik bo‘lmasligi mumkin”, deydi Tramp.

U, shuningdek, Ukrainaning tabiiy resurslari, xususan, noyob tuproq metallari evaziga Ukrainaga Amerika yordamini taqdim etish taklifini takrorladi.

“Men ularga ekvivalenti, masalan, 500 milliard dollarlik noyob yer elementlari kerakligini aytdim. Va ular asosan buni qilishga rozi bo‘lishdi, shunda hech bo‘lmaganda o‘zimizni ahmoqdek his qilmaymiz”, dedi Oq uy rahbari.

Ma’lumki, Donald Tramp hatto saylovoldi tashviqoti paytida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini eng qisqa vaqt ichida tugatishga va’da bergan, keyin esa urushni 100 kun ichida tugatish imkoniyatiga ishonch bildirgan.

Tramp Ukrainani Putinga sovg‘a qiladimi? north_east

Tramp Ukrainani Putinga sovg‘a qiladimi?

Vashington Ukrainaga keyingi yordam va bu mamlakatda tinchlikka erishishning turli variantlarini muhokama qilayotganini aytadi. Trampning g‘oyalaridan biri Ukrainaga uning resurslari, jumladan, noyob tuproq metallari evaziga qurol yetkazib berishni davom ettirish edi.

“Biz Ukrainaga aytamizki, ularda juda qimmatli nodir yer metallari bor. Biz Ukraina bilan shartnoma tuzmoqchimiz, uning doirasida ular bizni noyob metallar va boshqa narsalar bilan ta’minlaydi”, degan edi AQSH Prezidenti fevral oyi boshida.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bunga javoban uning mamlakati foydali qazilma zaxiralarini G‘arbga “bermoqchi emas”ligi, balki G‘arb hamkorlariga o‘zaro manfaatli hamkorlikni taklif qiliyotganini, bunda Qo‘shma Shtatlar konlardan ustuvor foydalanish huquqiga ega bo‘lishini aytdi.

Zelenskiy, shuningdek, Kiyev ishtirokisiz AQSH va Rossiya o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan muzokaralarni tahdid deb atadi va Ukraina xavfsizligi kafolatlari va qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirishni talab qiladi. Zelenskiy 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens bilan uchrashishi kutilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg yaqin orada Ukrainaga borishini aytgandi. Kelloggning Ukrainaga tashrifi shu hafta ya’ni 14-16 fevral kunlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi mumkinligini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing