Ukraina Berlin bilan havo hujumidan mudofaa bo‘yicha kelishuvga imzo chekdi

Olam

image

Ukraina va Germaniya Mudofaa vazirlari Rustam Umarov va Boris Pistorius Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda har ikkala vazir kecha, 19 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Hujjat “Katta yettilik” mamlakatlari Mudofaa vazirligi rahbarlarining Neapoldagi uchrashuvi chog‘ida imzolangan. Germaniya Mudofaa vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabarida aytilishicha, Berlinning IAAD (Havodan mudofaa bo‘yicha zudlik bilan harakat qilish) tashabbusi doirasida tuzilgan kelishuv Germaniyaga hamkorlar bilan birgalikda havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishni tezlashtirishga imkon beradi.

Rustam Umarovning so‘zlariga ko‘ra, loyihaga yana to‘rt davlat qo‘shiladi: Belgiya, Norvegiya, Niderlandiya va Daniya.

“Shartnoma imzolagan davlatlar qo‘shma loyihalarga hissa qo‘shishi yoki Ukraina Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan o‘z loyihalarini moliyalashtirishi bo‘yicha kelishuvlarni ko‘zda tutadi”, deb yozgan Rustam Umarov Facebook’dagi sahifasida.

O‘tgan hafta boshida Germaniya Ukrainaga ikkita havo hujumidan mudofaa tizimini topshirgani haqida xabar berilgan edi. Bular o‘rta masofali IRIS-T SLM va qisqa masofali IRIS-T SLS.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya va Ukraina xavfsizlik bo‘yicha majburiyatlar va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolagandi. Bundan tashqari, Germaniya hukumati tomonidan Ukraina energetika sektorini tiklash uchun Kiyevga 170 million yevro o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. O‘shanda Germaniya Mudofaa vazirligi 2024 yilning qolgan oylarida jang maydonidagi vaziyatga qarab, Ukrainaga zudlik bilan qo‘shimcha yordam o‘tkazilishi kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

havo hujumidan mudofaa Rustam Umarov Boris Pistorius

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made