Ukraina AQSHning shartlariga ko‘nib, kuchliroq raketa olmoqchi

Olam

image

Ukraina hukumati Amerikadan uzoq masofali raketalarni olish uchun AQSHga ular bilan zarbalar nishonlarini muvofiqlashtirishni taklif qildi. Bu haqda CNN telekanali AQSH hukumatidagi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Gap avvalo, Ukrainada mavjud HIMARS raketa tizimlaridan uchirilishi mumkin bo‘lgan ATACMS raketalari haqida bormoqda. Ushbu tizimlar uchun odatiy, taxminan 70 km masofaga ega bo‘lgan raketalardan farqli o‘laroq, ATACMS boshqariladigan raketalari 300 km uzoqlikdagi nishonlarga ham zarba bera oladi.

Ukraina rasmiylari bunday raketalarni yetkazib berish evaziga ularni Rossiyadagi nishonlarda qo‘llashdan bosh tortishga tayyor ekanliklarini bir necha bor ta’kidlagan. Biroq ishg‘ol qilingan hududlardagi, jumladan Qrimdagi nishonlar ham ularning qatorigan kirgan yo kirmaganiga aniqlik kiritmagan. CNN telekanali xabariga ko‘ra, Kiyev o‘q-dorilar omborlarini, jumladan, yarimoroldagilarini ham yo‘q qilish zarurligini ta’kidlamoqda.

AQSHning Rossiyadagi nishonlarga zarba berilishi mumkinligi haqidagi xavotirlarini yo‘qotish uchun Ukraina harbiylari Amerika tomoni bilan uzoq masofali raketalar bilan zarba berish uchun har bir nishonni muvofiqlashtirishga tayyor.

ATACMS qanday raketa?

MGM-140 ATACMS – Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “yer-yer” taktik ballistik raketasi. Qattiq yoqilg‘ida u 300 km gacha masofani bosib o‘tadi.

Raketalar dushman nuqtalarini nishonga olish uchun mo‘ljallangan. Bular qo‘mondonlik punktlari, raketa uchirish qurilmalari, havo hujumidan mudofaa vositalari, aloqa markazlari, o‘q-dorilar omborlari bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ATACMS har qanday ob-havo sharoitida va kunning istalgan vaqtida ishlashi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

634

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing