Ukraina AQSH raketalari bilan Sevastopolga hujum qildi – Rossiya
Olam
−
24 iyun
12565Ukraina Qurolli kuchlari kecha, 23 iyun kuni Qrimdagi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Sevastopol shahriga raketa zarbasi berdi. Bu haqda shahar ma’muriyati “rahbari” Mixail Razvojayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha beshta “havo nishoni” havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan, ammo ularning qoldiqlari qirg‘oq zonasiga tushgan. Razvojayev to‘rt kishi halok bo‘lganiga aniqlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kechki payt jabrlanganlarning umumiy soni 151 nafarga yetgan, ulardan 82 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlari Sevastopolga “AQSH tomonidan yetkazib berilgan, kassetali kallaklar bilan jihozlangan beshta ATACAMS operativ-taktik raketalari” bilan hujum qilganini tasdiqladi.
“Navbatdagi havo hujumidan mudofaa kuchlarining hujumini qaytarish paytida to‘rtta Amerika raketasi urib tushirildi. Yakuniy bosqichda havo mudofaa tizimlarining zarbasi natijasida yana bir raketa parvoz yo‘nalishidan chetga chiqdi va jangovar kallakni shahar hududida havoda portlatib yubordi” deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi qurbonlar sonini tilga olmay turib, “20 dan ortiq tinch aholi, jumladan, bolalar kassetali o‘q-dorilar parchalari qulashi oqibatida yaralanganini” yozdi.
Qayd etish joizki, bir kun oldin Rossiya qo‘shinlari Xarkovga zarba bergan. Viloyat harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Sinegubov va shahar meri Igor Terexovning ma’lum qilishicha, ikki kishi halok bo‘lgan, 18 kishi jarohatlangan. Sinegubovning postida 15 qurbon haqida so‘z boradi. Keyinroq Sinegubov aniqlik kiritishicha, 54 kishi jarohatlangan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar 23 iyun kuni erta tongda bir kun avval Xarkovdagi besh qavatli binoga bomba qulashi oqibatlarini bartaraf etgan. Davlat Favqulodda xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, “havo bombasi portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana 53 kishi, jumladan, 3 nafar bola yaralangan”.
LiveBarchasi