Ukraina aholisining deyarli yarmi Zelenskiy tezroq ketishini istamoqda

Olam

image

Ukraina aholisining deyarli yarmi (45,8 foizi) mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu "Ijtimoiy monitoring" markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan ma’lum bo‘lgan. 

Ularga ko‘ra, ukrainlarning 43 foizi bunday ovoz berishga qarshi bo‘lgan, 11,1 foizi esa javob berishga qiynalgan. 

Agar Ukrainada prezidentlik saylovlari keyingi haftada o‘tkazilsa, ovoz berishga tayyorligini bildirganlar orasidan 25,6 foizi amaldagi Prezident Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Shu bilan birga, respondentlarning 15,5 foizi "Oppozitsiya platformasi - Hayot uchun" partiyasi siyosiy kengashi raisi Viktor Medvedchukga, 15,2 foizi esa sobiq Prezident va "Yevropa birdamligi" partiyasi rahbari Pyotr Poroshenkoga ovoz berishini ma’lum qilgan. 

So‘rovda qatnashganlarning qolgan 11,5 foizi sobiq Bosh vazir, "Batkivshina" partiyasi rahbari Yuliya Timoshenkoga ovoz berishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

232

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing