Ukraina 90-yillardagi davlatchiligiga qaytishi kerak – Zaxarova
Olam
−
29 mart 2022 11225 2 daqiqa
Rossiya-Ukraina muzokaralari kun tartibiga Kiyev tomonidan zamonaviy hududiy voqelikni tan olish masalasi kiritilgan. Bu haqda bugun, 29 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
"Kun tartibida doimiy betaraflik, blokdan tashqari maqom, xavfsizlik kafolatlari, Ukrainani demilitarizatsiya qilish, denasifikatsiya qilish, amonaviy hududiy voqelikni tan olish, rus tili maqomi va rusiyzabon aholi huquqlarini tiklash masalalari bor. Boshqacha aytganda, gap Ukrainaning 1990 yilgi suverenitet deklaratsiyasida mustahkamlangan o‘z davlatchiligining kelib chiqishiga qaytishi haqida ketmoqda”, deydi Zaxarova.
Uning eslatishicha, Rossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevraldan e’tiboran, bir oydan beri davom etmoqda.
“Biz Istanbuldagi navbatdagi bosqichda Ukraina delegatsiyasi konstruktiv yondashishini kutamiz”, deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi sakkiz yil ichida Donbass aholisi “o‘q otish, blokada, genotsid”dan, Ukraina xalqi esa “millatchi rejim tomonidan kamsitish, bezorilikdan aziyat chekkan”.
"Ukrainaga bugun G‘arb qurollarini yetkazib berish emas, balki insonparvarlik yordami va tinchlik va barqarorlikka erishish uchun muzokaralardagi taraqqiyot, bu ko‘p yillik do‘zaxning barham topishi kerak. Sakkiz yilni yo‘q deb da’vo qilish orqali hech kim muvaffaqiyatga erisha olmaydi”, deydi TIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir.
Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.
Live
Barchasi