Ukraina hayotining muhim masalalari Kiyevda emas, Vashingtonda hal qilinadi — Putin 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlatni to‘liqligicha tashqi kuchlarga topshirib qo‘ygan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 30 iyun kuni “Prezident bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa” loyihasida mamlakat fuqarolari savollariga javob berayotib, aytib o‘tdi.

“U [Zelenskiy] Ukrainani to‘liq tashqi nazorat ostiga topshirdi. Ukraina hayotining muhim masalalari Kiyevda emas, balki Vashingtonda, qisman Berlin va Parijda hal qilinadi”, deydi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday holatda Zelenskiy bilan “nimani ham muhokama qilish mumkin”.

“Shunga qaramay, men bunday uchrashuvlardan bosh tortmayman. Biroq nima haqida gaplashishni tushunib olish kerak”, deya xulosa qildi u.

Zelenskiy bilan uchrashuv to‘g‘risida

Joriy yilning aprelida Prezident Vladimir Zelenskiy Putin bilan Donbassning istalgan joyida uchrashib, Ukrainaning sharqidagi mojaroni muhokama qilish istagini bildirdi. Putin g‘oya borasida fikr bildirar ekan, agar uchrashuvda Donbass muammolarini muhokama qilish haqida gap ketadigan bo‘lsa, unda Ukraina rahbariyati birinchi navbatda tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari rahbarlari bilan uchrashishi kerakligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, aynan shundan so‘ng Donbass bo‘yicha kelishuvni boshlasa bo‘ladi. 

“Faqat shundan keyingina ushbu masalani har qanday uchinchi davlat bilan, shu jumladan Rossiya bilan muhokama qilish mumkin, chunki rasmiy Moskva ushbu mojaro ishtirokchisi emas, balki muzokaralar vaqtida vositachi vazifasini bajaradi”, deya ta’kidlagan Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Putin Zelenskiy Kiev Vashington

Baholaganlar

237

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing