Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtoj. Zelenskiy bu safar kimga o‘tindi?

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Koreya Respublikasining Kiyevga zarur havo hujumidan mudofaa uskunalarini yetkazib berishiga umid qilmoqda. Bu haqda u bugun, 30 may kuni “Chosun ilbo” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiy Seulning qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarini hisobga olishini, biroq bu tamoyillar energiya infratuzilmasini himoya qilish uchun mudofaa tizimlari va uskunalariga taalluqli emas, deb hisoblashini ta’kidlagan.

“Havo hujumidan mudofaa tizimi qurol emas, faqat mudofaa texnikasi. Ukrainani tiklash uchun “samoviy qalqon” kerak, Koreya Respublikasi bu sohada bizga yordam beradi, deb chin dildan umid qilaman”, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina Prezidenti.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiyadan Belarus hududiga strategik bo‘lmagan yadro qurollarining o‘tkazilishiga ham izoh bergan. Uning aytishicha, Ukraina Rossiyaning yadroviy qurollari bilan bog‘liq tahdid va choralardan qo‘rqmaydi. Ukraina rahbari bu harakatni Ukraina va Yevropani qo‘rqitish uchun qilingan siyosiy hiyla ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi hozirgacha Kiyevga moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatgan, shlem kabi xavfli bo‘lmagan harbiy buyumlar yetkazib bergan, biroq haligacha qurol-yarog‘ yubormagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Moskva tomonidan “urush qonunlari qo‘pol ravishda buzilgan” taqdirda Kiyevga qurol yetkazib berishini istisno qilmagandi. May oyi boshida esa Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya ham Seulga tashrifi chog‘ida Janubiy Koreya tomonini havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Koreya Yun Sok Yol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing