Uxanda yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish va yeyish taqiqlandi

Olam

image

Xitoyning Uxan hukumati yovvoyi hayvonlar savdosiga jiddiy cheklovlar qo‘ydi. Besh yil davomida yovvoyi hayvonlarni yeyish, ko‘paytirish, sotish, sotib olish, reklama qilish, shuningdek, ov qilish qat’iyan man etildi.

Tegishli qaror Uxan shahar hokimiyati saytida e’lon qilindi. Cheklovlar hujjat e’lon qilingan kundan boshlab besh yilgacha amal qiladi.

Taqiq yerdagi barcha yovvoyi hayotga taalluqlidir. Ovga faqat ilmiy tadqiqotlar, populyatsiyani tartibga solish va boshqa maxsus holatlar uchun ruxsat beriladi. Uning uchun davlat organlarining litsenziyasini olish kerak. Yovvoyi hayvonlarni sun’iy ravishda ko‘paytirish faqat turlarni saqlash, ilmiy tadqiqotlar va hayvonlarning namoyishlarini o‘tkazish uchun tartibga soluvchi organlarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Yovvoyi hayvonlar yetishtirgan korxonalar va uy xo‘jaliklari kompensatsiya oladi.

Nafaqat yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish, balki ushbu faoliyatni reklama qilish ham taqiqlanadi. "Hech qanday tashkilot va shaxs reklama e’lonlarini joylashtirmasligi, belgi yoki retseptlar kiritishi, reklama qilinishi, yovvoyi hayvonlarning va ularning mahsulotlarining taqiqlangan turlaridan foydalanishni rag‘batlantirmasligi, yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanmasligi kerak", deyiladi qarorda.

Ma’lumot o‘rnida, Uxan koronavirusning ilk uchog‘i hisoblanadi. Koronavirus tarqalishining asosiy sabablaridan biri yovvoyi hayvonlar iste’moli etib ko‘rsatilgani sababli hukumat mana shunday qarorga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Uxan'

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing