O‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktorga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida maktab o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. O‘quvchilar 40 daraja issiqda G‘uzor tumani Yonqishloq mahallasidagi uzun yo‘l va ariqni tozalashga majburlanayotgani aytildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriligining Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘quvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, G‘uzor tumanidagi 75-maktab o‘quvchilar obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb qilingani sababli maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Direktorga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismi bilan EKIHning 5 baravari miqdorida jarima solingan.

Shuningdek, Inspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qonun buzulishini bartaraf etish va kelgusida shu kabi kamchiliklarga yo‘l quymaslik yuzasidan taqdimnoma kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qashqadaryo Mehnat vazirligi majburiy mehnat

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing