O‘quvchilar uchun imtiyozli internet tarif rejasi joriy qilinadi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistonda maktablar 14 sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Maktablar bir vaqtning o‘zida an’anaviy va masofaviy shaklda boshlanyapti.

Masofaviy ta’lim shakli saqlanib qolayotgani sababli, o‘quvchilarga internetdan foydalanish uchun imtiyozlar beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti raisiligida o‘tkazilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Videodarslarni sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish, 3 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joylarda raqamli televideniye signali va internet tezligini ta’minlash, chekka hududlardagi kommunikatsiya tizimlarini to‘liq testdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘quvchilar uchun internetdan foydalanishda imtiyozli “Maktab” tarif rejasi joriy etilishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab o'quvchi

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing