O‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun kontrakt oshishi kutilyapti

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 7 foizga oshirildi. 

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish xarajatlarining asosiy qismini, ya’ni 91 foizini ish xaqi va stipendiya to‘lovlari tashkil etishi inobatga olinib, 2019/2020 o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati respublikadagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘landi va unga nisbatan karra barobarida belgilandi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori (oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga mutanosib ravishda joriy o‘quv yilining ikkinchi yarmi uchun o‘zgarishi mumkin.

Shu munosabat bilan, 2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi yarim yili uchun oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlariga o‘zgartirish kiritilganda, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

kontrakt o'quv yili

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing