O‘qituvchisi bilan mushtlashgan o‘quvchining ota-onasi jazolandi

3-sahifa

Avvalroq Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda o‘quvchi o‘qituvchisiga tashlanib, u bilan mushtlashgani haqida xabar bergan edik. O‘qituvchisi bilan mushtlashgan o‘quvchining ota-onasi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

XTBning ma’lum qilishcha, Kosonsoy tumanidagi 29-sonli maktabda o‘quvchi o‘qituvchiga tashlanib qolishi joriy yilning 19 sentyabr kuni fizika darsida sodir etilgan. Fizika fani o‘qituvchisi dars o‘tayotganda o‘quvchi o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit bergan. Shunda o‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga suxbatlashish uchun topshirgan.

Bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘quvchi sinf xonasiga qaytib kirgan va videoda aks etgani kabi o‘qituvchiga tashlangan. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar ularni ajratishga xarakat qilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB va tuman xalq ta’limi bo‘limi xodimlari maktabda o‘rganish olib borgan va tegishli tartibda o‘quvchining ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Namangan

Baholaganlar

904

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing