O‘qituvchilarning maoshi MHTEKMning 15 baravarigacha oshiriladi

Jamiyat

image

Maktablarda sinf rahbarligi uchun to‘lovlar 1,5 baravarga oshiriladi. Metodistlarlarning ish haqi miqdori oliy toifali o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi. Bu haqda Xalq ta’limmi vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bitiruvchilarining OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari rag‘batlantiriladi. Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblarning o‘qituvchilariga to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi beriladi.

Vazirning ta’kidlashicha, 2024 yilga qadar yuqori natijalarga erishgan pedagoglarning oylik maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 baravarigacha bosqichma-bosqich oshiriladi.

Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab maosh ta'lim o'qituvchi

Baholaganlar

789

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing