O‘qituvchilar oyligidan turli jamiyatlar uchun ushlab qolinishiga munosabat bildirildi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarning oylik maoshidan majburan ushlab qolish holatlari haqida xabarlar tarqalyapti.

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov kecha, 1 fevral kungi matbuot anjumanida O‘zbekiston Ma’rifatparvarlar jamiyati uchun o‘qituvchilar oyligidan ushlab qolinishi qanchalik to‘g‘ri ekani haqidagi savolga javob berdi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, Mehnat kodeksining 164-moddasida ishchi yoki xodimning yozma roziligisiz qaysi mablag‘larni ushlab qolish mumkinligi belgilangan.

Birinchidan, oylik maoshdan ushlab qolinadigan 12 foiz daromad solig‘i — bu majburiy bo‘lib, roziligidan qat’iy nazar undiriladi. Agar mol-mulk, yer yoki boshqa soliqlardan sudning ijro hujjatlari mavjud bo‘lganda ham xodimning roziligisiz ushlab qolish mumkin bo‘ladi.

“Turli jamiyatlarga to‘lovlar, vznoslar, ajratmalar xodimlarning yozma roziligisiz yoki ularni majburlab ushlab qolinishi mumkin emas.

Agar xalq ta’limi tizimida majburiy to‘lovlar borasida shikoyat bo‘lsa, qisqa raqam 1006 ga yoki 99 988 10 06 raqamiga, “Ustoz ovozi” degan platforma tashkil etganmiz, ustozovozi.uzedu.uz manziliga tizimdagi har qanday muammolar bo‘yicha murojaat etishlari mumkin”, deydi Temur Komilov.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi

Baholaganlar

187

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing