O‘qituvchilar issiqxona sotib olishga majburlanyaptimi? XTV vaziyatga oydinlik kiritdi
Jamiyat
−
29 aprel 2019 5491 1 daqiqa
Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xiva tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilariga tuman hokimligi bosimi ostida maktab direktori tomonidan issiqxonalarni majburiy tarzda o‘rnatilayotganligi haqidagi ma’lumotni o‘rganib chiqdi.
O‘rganish natijasi shuni ko‘rsatdiki, maktab pedagog xodimlari va ishchilari orasida mamlakatda tomorqalardan samarali foydalanish va banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalangan holda uyda parranda, tovuq, quyon boqish, issiqxonalar qurishning afzalliklari haqida ma’lumot berilgan.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, 15-sonli umumta’lim maktabi xodimlari bilan suhbatda ularni hech kim majburiy tarzda issiqxona sotib olishga undamaganligi aniqlangan.
Maktab direktoriga mazkur masala bo‘yicha xorijlik jurnalistlar qo‘ng‘iroq qilgan va majburiy issiqxona o‘rnatish holati yo‘qligini aytgan.
Live
Barchasi