O‘zbekistonga ikki soha xodimlari uchun 1 mln dozadan ortiq vaksina olib kelinmoqda
Jamiyat
−
06 Oktabr 2020
19088O‘zbekistonda o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarini gripp virusiga qarshi emlash uchun 1 million dozadan ortiq vaksina yetkazib beriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hozirda “Sovigripp” vaksinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berilgan.
Bundan tashqari 15 oktyabrga qadar 40 ming doza, 30 oktyabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza “Flyu-M” vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatdagi barcha maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari 1 oktyabrgacha markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan edi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15