O‘qishni O‘zbekistonga imtihonsiz “perevod” qilish haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi
Jamiyat
−
09 yanvar 2022
37302Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning barchasi o‘qishni hech qanday imtihonlarsiz O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkinligi, buning uchun 15 fevralgacha arizalar qabul qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, uni yolg‘on axborot sifatida baholadi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan "perevod" qilish to‘g‘risida FAKE-xabar tarqalmoqda.
Ushbu Fake-xabarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomidan xorijdan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishga ruxsat berilishi va “perevod” uchun barcha hujjatlar 15 fevralgacha qabul qilinishi bildirilgan.
Avvalo bu kabi xabarlar asossiz ekanligini ma’lum qilamiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot uchun, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi 53 ta Oliy ta’lim muassasisiga (OTM) xorijdan yoki O‘zbekistondagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish bali 66,1 ball etib belgilangan.
Qayd etilishicha, 2021/2022 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yili uchun tasdiqlangan fanlar majmuasiga muvofiq 2 ta fandan o‘tkaziladigan maxsus sinovlar (test, kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra o‘tish bali to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal — 189 ballning 35 foizi (66,1ball) etib belgilangan.
LiveBarchasi