“Tolibon” universitetlarda 700 ga yaqin kitobni taqiqladi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqqat hukumatining Oliy ta’lim vazirligi mamlakatda foliiyat yuritayotgan davlat va xususiy universitetlarda 679 ta ilmiy kitob, ensklopediya va boshqa o‘quv materiallarini o‘qitishni taqiqladi. Bu haqda “Afghanistan Internatianol” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlikning diniy ulamolar hamda islom huquqi va madaniyati professorlaridan iborat qo‘mita mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan kitoblarni aqidaviy, aqliy, diniy, siyosiy, madaniy va ilmiy mazmun nuqtai nazaridan ko‘rib chiqqan va 679 ta turli mavzularda, jumladan, iqtisodiyot, sotsiologiya, huquq, san’at, ijtimoiy fanlar, jurnalistika va adabiyotga oid darsliklarni taqiqlagan.

Shuningdek, vazirlik davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlariga taqiqlangan 679 ta kitob va o‘quv qo‘llanmalarning ro‘yxatini yuborib, universitetlardan islom tamoyillari va “Tolibon” rejimi siyosatiga zid bo‘lmagan muqobil variantlardan foydalanishni so‘ragan.

Vazirlik bu kitoblar o‘rniga qaysi adabiyotlar o‘qitilishini aytmagan, biroq muqobil kitoblar ko‘rib chiqish komissiyasi orqali e’lon qilinishini bildirgan.

Man etilgan kitoblar ro‘yxatiga huquq tamoyillari, tashkiliy iqtisodiyot asoslari, xalqaro barqaror rivojlanish, tashkilotlar sotsiologiyasi, san’at sotsiologiyasi va siyosiy sotsiologiya, antropologiya asoslari, islom sivilizatsiyasi tarixi, 20-asrdagi siyosiy fikr, estetika va san’at falsafasi va boshqa yuzlab nom va mavzudagi kitoblar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” muvaqqat hukumati Afg‘oniston universitetlariga ayollar tomonidan yozilgan barcha kitoblarni o‘quv dasturlaridan chiqarish haqida buyruq bergandi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Afg'oniston Oliy ta'lim vazirligi Tolibon kitob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing