Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 fevraldagi 68-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Yusuf Qodirovich Absoatov jamoaga tanishtirildi.

Yusuf Absoatov 1990 yilda tug‘ilgan. 2012-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavr bosqichida tahsil olgan.  Bugungi kungi kunda Yusuf Absoatov O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti II bosqich magistranti.

Prezident maslahatchisi Davlat rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimi oldiga katta vazifalar qo‘yilganligi, eng avvalo, yoshlardagi oliy ma’lumotli bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarish yo‘lida barcha choralar ko‘rilishi lozimligi hamda bu vazifalarni bajarishda yangi vazir o‘rinbosari bilan hamjihatlikda ishlash zarurligini ta’kidladi.

O‘z o‘rnida vazir Inomjon Majidov sohaga zamonaviy AKTni joriy etishda iqtidorli yoshlar tashabbusi har qachongidan muhimligini hamda vazirlik jamoasi Yusuf Absoatov to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy ta'lim vazirligi Yusuf Absoatov

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing