O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sanalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
14 avgust 2024 6340 1 daqiqa
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 19-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi. Unga ko‘ra:
- 1-smena 08:00 dan 11:00 ga qadar;
- 2-smena 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani agentlikning rasmiy saytidan olishi mumkin.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025