O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish boshlandi
Jamiyat
−
15 iyul 2023
7023Bugun, 15 iyul kunidan boshlab Oliy ta’lim muassalarida o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar joriy yilning 5 avgustiga qadar davom etadi. Arizalar quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
- transfer.edu.uz – davlat OTMning biridan boshqasiga;
- my.uzbmb.uz – xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.
Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.
LiveBarchasi