O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 15 iyuldan OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:  

  • transfer.edu.uz – davlat OTMning biridan boshqasiga;   
  • my.uzbmb.uz – xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.   

Shuningdek, O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:     

  • Talaba turmushga chiqqanda, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;   
  • Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga o‘tish uchun imtihon topshiradi. Ushbu imtihonda talabalar tegishli jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsagina, o‘qishini ko‘chirishi mumkin bo‘ladi. O‘tish balini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 iyul kuni OTMga kirish bo‘yicha davlat imtihonlari boshlangandi.

Charos O‘ralova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'qishni ko'chirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing