O‘qishni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlarni OTMga qabul qilish tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

2023 yil 1 noyabrdan boshlab avvalgi yillarda ta’lim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlarni davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Umumta’lim fanlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish tartibini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida so‘z boradi.

2023 yil 1 noyabrdan boshlab avvalgi yillarda ta’lim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlarni davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning quyidagi tartibi joriy etilsin, unga muvofiq:

Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarning majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarini hamda ikkita bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos umuta’lim fanlaridan bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi. Bunda:

•    test sinovi har yili kamida uch marotaba Davlat test markazi tomonidan belgilangan muddatlarda katta sig‘imli binolarda qog‘oz (yoki elektron) shaklda o‘tkaziladi;

•    abituriyentlarga test sinovi jarayonida fanlar majmuasi bo‘yicha mutaxassislik fanlarini mustaqil tanlash imkoniyati beriladi;

abituriyentlarga yil davomida umumta’lim fanlaridan to‘lov asosida sertifikat olish uchun bir necha marotaba test sinovi topshirish huquqi beriladi. Bunda:

•    majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida qatnashish uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 0,3 baravari miqdorida;

•    mutaxassislik fanlar bo‘yicha test sinovida qatnashish uchun har bitta fan bo‘yicha – bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida to‘lov undiriladi;

•    “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarning a’zolari yoki “Temir”, “Yoshlar”, “Ayollar” daftarlaridan biriga kiritilgan, nogironligi (I va II guruh) bo‘lgan shaxslar va davlat qaramog‘ida bo‘lgan chin yetimlarga navbatdan tashqari yiliga bir marotaba to‘lovsiz test sinovida qatnashish imkoniyati beriladi;

•    test sinovi natijalari bo‘yicha abituriyentlarga uch yil muddatga amal qiladigan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.

Bunda sertifikat olish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari tahliliga ko‘ra, testologiya mezonlari buzilgan holatlarda, Davlat test markaziga test sinovi natijalarini bekor qilish, alohida holatlarda qayta test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish vakolati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DMT

Baholaganlar

1239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing