Talabalarning o‘zlari tanlagan OTMlarga o‘qishini ko‘chirish boshlandi

Jamiyat

image

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.

Qayd etilishicha, talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning soni 58 tani tashkil qilmoqda.

Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘ralgan.

Ma’lumot o‘rnida, amaldagi taртибга ko‘ra, talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldin O‘zbekistondagi bir qancha xususiy universitetlarning litsenziyasi bekor qilingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM O'zbekiston ko'chirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing