O‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 45 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Navoiy viloyati Karmana tumanida fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish va’dasi bilan chuv tushirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura  huzuridagi departament xabar berdi. 

Bildirilishicha, departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.  Natijada “Sh.A.” MCHJ rahbari boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yish hamda o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishini aytgan. Buning evaziga esa 2 ming AQSH dollari va 20 mln so‘m, umumiy hisobda qariyb 45 million so‘m so‘ragan. Ayblanuvchi ushbu pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4 ming dollar undirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Navoiy firibgar O'qish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing