O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6,6 ming dollar olgan o‘qituvchi ushlandi (video)

3-sahifa

image

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iz davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6600 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni  Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha S1 darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2400 AQSH dollari va 1 mln 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona o'qituvchi o'qishga kiritish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing