O‘g‘ri er-xotinni pichoqladi. Oila boshlig‘i vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 8 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida mudhish qotillik qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda. 

Tong soat 04:00 larda Nukus shahar Taxtako‘pir ko‘chasi 66-uyda yashovchi D.M. (1956 y.t.) uyida yurgan noma’lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma’lum shaxs uni qasddan o‘ldirish maqsadida ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq bilan bir marotaba urgan.

Shuningdek, noma’lum shaxs D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.ning (1961 y.t.) ko‘krak qafasining chap tomoniga pichoq bilan bir marotaba urib, voqea joyidan yashiringan.

A.Sh. olgan tan jarohati natijasida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan 8 aprel kuni Nukus shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Qotillik

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing