UFC: Yanning revanshi aprelga qoldirilishi mumkin

Sport

image

Super yengil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni Petr Yanning menejeri Sayat Abdrahmonov Aljameyn Sterling bilan revansh jangi 5 martdan 9 aprelga ko‘chirilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi.

“Petrning jangi rasman aprelga qoldirilgani yo‘q. Ammo bunday variant bo‘lishi mumkin va u muhokama qilinmoqda”, deydi Abdrahmonov.

Eslatib o‘tamiz, Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan edi. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Yan so‘nggi jangini UFC 267 musobaqasida Kori Sendxagenga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u super yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Petr Yan Sayat Abdrahmonov Aljameyn Sterling

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing