UFC. O‘zbekistonlik jangchi qaqshatgich nokautga uchradi (video)
Sport
−
14 iyun 2020 86123 1 daqiqa
Bugun, 14 iyun kuni Las-Vegasda (AQSH, Nevada) Mutlaq janglar chempionati (UFC) da o‘tgan navbatdagi jangda o‘zbekistonlik jangchi Zarruh Adashev AQSHlik Tayson Namga qarshi oktagonga chiqdi.
Jang boshida ustunlik qilayotgandek ko‘ringan Zarruh bahsning 32 soniyasidayoq nokautga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev UFC bilan shartnoma imzoladi. U bugungacha 18 marta g‘alaba qozonib, 11 marta mag‘lub bo‘lgan.
Zarrux Adashev UFC’dagi o‘zbekistonlik ikkinchi jangchi bo‘ldi. Adashevdan oldin, tashkilot bilan shartnoma o‘tgan yilning kuzida Mahmud Murodov tomonidan imzolangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust