UFC titulsiz super jang tashkil etadi
Sport
−
12 yanvar 2022
4038UFC yarim o‘rta vazn toifasi jangchilari – Xorxe Masvidal va Kolbi Kovington o‘rtasidagi jang joriy yilning 5 mart kuni UFC 272ning asosiy jangi bo‘lishi mumkin. Bu haqda ESPN tashkilotning yuridik bo‘limi rahbari Xanter Kempbellga asoslanib, xabar bermoqda.
Har ikki amerikalik jang uchun rasmiy shartnoma imzolamagan, biroq Kempbellning so‘zlariga ko‘ra, tituldan tashqari jang o‘tkazish bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, Masvidal so‘nggi marta 2021 yilning aprel oyida o‘tkazilgan UFC 261 turnirida yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmanga qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi. Ikkinchi raundda Usman kuchli zarbasi bilan uni muvozanatdan chiqargan va yil yakunida eng yaxshi nokautlar qatorida e’tirof etildi.
Shuningdek, Kovington ham oxirgi marta Usman bilan jang qildi. Ularning duyeli 2021 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi va ochkolar hisobida Kamaruning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, UFC 272 AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. Markaziy jang bo‘lishi kutilayotgan Volkanovski va Xollouey o‘rtasidagi trilogiya bekor qilindi. Shundan so‘ng rossiyalik Petr Yan va amerikalik Aljameyn Sterling o‘rtasida super yengil vazn chempionligi uchun bahs oqshomning markaziy jangi bo‘lishi kutilgan edi. Biroq bellashuv aprel oyiga qoldirilishi mumkin.
LiveBarchasi