UFC Tailandda qo‘lga olingan sportchining jangini bekor qildi

Sport

image

Avvalroq rossiyalik aralash yakkakurash (MMA) ustasi, Ultimate Fighting Championship (UFC) tashkiloti a’zosi hisoblangan Husayn Asxabov Tailandda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur xabarlar fonida tashkilot sportchining 7 oktyabrga belgilangan jangini bekor qildi. Bu haqda UFC matbot xizmati ma’lum qildi.

“UFC yaqinda hibsga olingan va Husayn Asxabov haqidagi da’volardan xabardor. Tashkilot voqea bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlarni to‘plashni davom ettiradi. UFC sportchiga u bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha bayonot e’lon qilishdan oldin sud jarayonining yakunlanishiga qadar imkon beradi. Ammo uning 7 oktyabr kuni rejalashtirilgan jangi bekor qilindi”, deyiladi liga bayonotida.

Gap shundaki, sportchi boshchiligidagi guruh Italiya fuqarosining Tailanddagi villasiga bostirib kirish, uni bog‘lab kaltaklash va 338 ming dollardan ortiq mol-mulkini o‘g‘irlashda ayblanmoqda.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Asxabov Chechenistonda tug‘ilgan. U musobaqalarda Fransiya nomidan ishtirok etadi. Sportchi Tailandda mashg‘ulot olib borayotgandi. Uning MMA'da 23 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyati bor. 7 oktyabr kuni Asxabov Las-Vegasdagi UFC turnirida amerikalik Deniyel Pineda bilan jang qilishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Tailand Husayn Asxabov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made