Rossiyalik UFC jangchisi Tailandda qo‘lga olindi

Sport

image

Rossiyalik aralash yakkakurash (MMA) ustasi, Ultimate Fighting Championship (UFC) musobaqasida ishtirok etayotgan Husayn Asxabov Tailandda qo‘lga olindi. Bu haqda “Phuket News” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Husayn Asxabov, uning akasi Hasan va yana uch kishi Italiya fuqarosining Pxuketdagi villasiga bostirib kirib, zargarlik buyumlari haqida ma’lumot so‘ragan va uni bog‘lab kaltaklagan. Sportchi boshchiligidagi guruh italiyalik fuqaroning 338 ming dollardan ortiq mol-mulkini o‘g‘irlagan.

Asxabovlar hibsga olingan va ularga bir necha yillik qamoq jazosi tayinlangan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari ketmoqda.

28 yoshli Asxabov Checheniston Respublikasida tug‘ilgan. U musobaqalarda Fransiya nomidan ishtirok etadi. Sportchi Tailandda mashg‘ulot olib borayotgandi. Uning MMA'da 23 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyati bor. 7 oktyabr kuni Asxabov Las-Vegasdagi UFC turnirida amerikalik Deniyel Pineda bilan jang qilishi kerak edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Tailand Husayn Asxabov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made