UFC sobiq chempionning jangini bekor qildi
Sport
−
28 yanvar 2022
2458Polshalik aralash yakkakurash ustasi Yan Blaxovich o‘zining Twitter sahifasida joriy yilning UFC’da 27 mart kuni o‘tkazilishi kutilayotgan avstriyalik Aleksandr Rakichga qarshi jangdan nima uchun voz kechganini ochiqladi.
“Afsuski, men 27 mart kuni jang qilmayman. Bo‘yin va orqa miya sohasida jarohatim bor. Shu sababdan vaqtincha og‘ir vaznlilar bilan jang qila olmayman. Aleksandr, umid qilamanki, biz shu yilning birinchi yarmida yana oktagonda uchrashamiz”, deya yozgan Blaxovich.
Eslatib o‘tamiz, Blaxovich va Rakich 27 mart kuni o‘zaro jang qilishi kerak edi. Ularning dueli oqshomning markaziy bellashuvi bo‘lishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, sobiq chempion Yan Blaxovich so‘nggi marta UFC 267 turnirida braziliyalik “bo‘g‘ma ilon” Glover Teysheyraga qarshi oktagonga chiqqib, ikkinchi raunddayoq bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub bo‘lgan va o‘ziga tegishli chempionlik kamarini boy bergan