UFC. “Rokki” Kamaruning navbatdagi raqibi bo‘ladi 

Sport

image

UFC prezidenti Dana Uayt yarim o‘rta vazn toifasida chempioni Kamaru Usmanning (20-1) navbatdagi raqibi kim bo‘lishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nigeriyalik jangchi britaniyalik Leon Edvardsga (19-3) qarshi oktagonga ko‘tariladi.

“Edvards qiyin davrni o‘tkazdi va anchadan buyon o‘z imkoniyatini kutmoqda. Menimcha, Leon chempion bilan to‘qnash kelishga loyiq”, deydi Uayt.

Ta’kidlanishicha, ushbu vazn toifasida yuqori o‘ringa ega bo‘lgan jangchilar allaqachon Kamaruga qarshi jang qilib bo‘lgani uchun Edvards unvonga ega bo‘ladi:

“Vaziyatni tahlil qilsangiz, Kolbi Kovington va Xorxe Masvidal Usmanga ikki marta mag‘lub bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin, Gilbert Byorns ham o‘z imkoniyatidan foydalana olmagan. Demak, Leon keyingi o‘rinda. U reytingda uchinchi raqamda”.

Eslatib o‘tamiz, Usman 2015 yilda Edvardsni mag‘lub etgandi. O‘shandan beri britaniyalik 9 ta jang o‘tkazib, birorta jangda mag‘lub bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, Kamaru boks bo‘yicha supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi jang o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Kamaru Usman Leon Edvards

Baholaganlar

21

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing