UFC rahbari Habib-Toni jangini tashkil qilishga qo‘rqib qolganini tan oldi

Sport

image

UFC rahbari Dana Uayt rossiyalik Habib Nurmuhamedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasida jang tashkil qilish haqida o‘ylashdan qo‘rqib qolganini tan oldi. Bu haqda "Sports Illustrated" ma’lumot berdi.

Shunga qaramasdan, Uayt ushbu uchrashuvni tashkil etish imkoniyati hali ham mavjudligini ta’kidlagan. UFC rahbari agar Habib Jastin Getjini 25 oktyabr kuni o‘tkaziladigan UFC 254 musobaqasida mag‘lub etsa, yuqoridagi jang o‘tkazilishini aytgan.

"Men hech qachon janglarning bu holatdagidek tez-tez buzilishini ko‘rmaganman. Hatto ularning jangini yana tashkil qilish haqida o‘ylasam, qo‘rqadigan bo‘lib qolganman. Bu safar nima bo‘larkin? Balki Yerga asteroid tushar?", deb kinoya qilgan Uayt.

Ma’lumot uchun, Habib va Toni Fergyuson o‘rtasidagi jangni UFC besh marta tashkil etishga urinib ko‘rgan, lekin hozircha barcha harakatlar omadsiz yakunlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp Habib va amerikalik Jastin Getji o‘rtasida bo‘lishi kutilayotgan jangni albatta tomosha qilishini aytgandi.

Siyosatchining koronavirusdan davolanayotganini hisobga olsak, uning bu maqsadi amalga oshish-oshmasligi hozircha noma’lum


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Habib Toni Fergyuson

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing