UFC Makgregorning qaytish sanasini e’lon qildi

Sport

image

UFC 329 turnirida sobiq chempion Konor Makgregor amerikalik sobiq chempion Maks Xolloueyga qarshi oktagonga qaytadi. Bu haqda tashkilotning o‘zi rasman xabar berdi.

Turnirning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasining ma’lumotiga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasidagi jang joriy yilning 11 iyul kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bu ikki jangchi avval ham 2013 yilda to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘shanda Makgregor hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Makgregor 2025 yilning oktyabr oyida 3 ta doping testini o‘tkazib yuborgani sababli, 18 oyga diskvalifikatsiya qilingandi. Uning jazosi 2026 yil mart oyida yakunlandi. Irlandiyalik sportchi so‘nggi jangini 2021 yil iyul oyida o‘tkazgan va oyog‘i singan holda Dastin Porega mag‘lub bo‘lgan. Makgregor o‘z faoliyati davomida MMAda 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.

Maks Xollouey esa, 2026 yil mart oyida Charlz Oliveyraga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazgan edi. 34 yoshli amerikalik jangchining hisobida MMAda 27 g‘alaba va 9 mag‘lubiyat bor. U avval yarim yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Konor Makgregor Maks Xollouey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing