UFC: Qahramonovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi 

Sport

image

UFC’ning yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov (9-2) 2022 yilning 15 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan “UFC on ESPN 53” musobaqasining asosiy kardida jang qiladi. Bu haqda “MMADNA” xabar berdi.

Unga ko‘ra, 25 yoshli Qahramonov 36 yoshli amerikalik jangchi Brayan Kellexerga (23-12) qarshi bahs olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, Saidyoqub Qahramonov so‘nggi marta joriy yilning avgust oyida guamlik Trevin Jons bilan bahs olib borgan va 3-raundda raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etgandi. 

O‘zbekistonlik jangchi faoliyati davomida 2 marta mag‘lubiyatga uchragan (9 g‘alaba). Ulardan birini Habibning jiyani Umar Nurmuhamedovdan qabul qilib olgan bo‘lsa, yana bir jangda Felipe Vargas to‘sig‘idan o‘ta olmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing