UFC'dagi o‘zbekistonlik jangchilar soni yana bir nafarga ko‘paydi
Sport
−
12 avgust 2024 22989 1 daqiqa
O‘zbekistonlik MMA jangchisi, “Rizin” va Murodov Professional ligasi kabi tashkilotlar turnirlaridagi janglari bilan tanilgan Ramazon Temirov nufuzli aralash yakkakurash ligasi Ultimate Fighting Championship (UFC) bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda sportchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“Jang kunimiz ham, raqibimiz ham aniq. Birinchi jangimizni 12 oktyabr kuni Las-Vegasda o‘tkazamiz”, degan sportchi.
Shu paytgacha o‘zbek MMA olamida 27 yoshli Ramazon Temirovning UFC'ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar yurgandi. Sportchi bugun bu mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.
27 yoshli Temirovga UFC'dagi birinchi jangida amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qiladi. Vergara shu kungacha UFC'da oltita jang o‘tkazib, uchta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Temirov shu vaqtga qadar MMAʼda 9 ta jang o‘tkazib, 8 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Janglarining 5 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Temirovning ushbu jangi UFC Fight Night 244ʼda joriy yilning 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev tashkilot bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Biroq mamlakat tarixidagi birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodov tashkilotdan ketdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28