UFC'dagi o‘zbekistonlik jangchilar soni to‘rt nafarga yetdi
Sport
−
12 fevral 11111 1 daqiqa
O‘zbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC jangchisiga aylandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ro‘ziboyev 16 fevral kungi UFC turnirida amerikalik Jared Gordon bilan to‘qnash keladi. Jang yengil vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, Mashrabjon turnir boshlanishiga 4 kun qolganida ushbu jangni qabul qilib oldi.
Ma’lumot o‘rnida, Mashrabjon Ro‘ziboyev o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning ukasi hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon professional faoliyati davomida 25 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan, bir jangi natijasi esa bekor qilingan.
Live
Barchasi