UFC: Chimayev bitta musobaqada ikkita raqib bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Bir necha kun avval asli chechenistonlik, biroq Shvetsiya bayrog‘i ostida oktagonga chiqadigan Xamzat Chimayev yarimo‘rta vazn toifasining 2-raqamli jangchisi Gilbert Byornsga qarshi jang o‘tkazishini ma’lum qilgan edi.

Bugun, 10 yanvar kuni Chimayev o‘z Instagram sahifasida UFC prezidenti Dana Uaytga bir musobaqa uchun ikkita raqib so‘rab murojaat qildi.

“Dana Uayt, aka, ruxsat bering, bir kechada ikkita jangchi bilan mushtlashishga tayyorman. hazillashmayapman”, deya yozgan Chimayev.

Eslatib o‘tamiz, Chimayev promoushen doirasidagi to‘rtta jangda bor-yo‘g‘i ikkita kuchli zarba o‘tkazib yuborgan va bu rekord natija hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Xamzat so‘nggi jangini 2021 yilning 30-oktyabr kuni UFC 267 doirasida o‘tkazgan va unda Xitoy vakili Li Jinliangni birinchi raundning to‘rtinchi daqiqasidayoq bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Xamzat Chimaev Gilbert Byorns

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing