UFC chempioni jangdagi jarohat sabab ko‘zlarini operatsiya qildi

Sport

image

Amaldagi UFC og‘ir vazn toifasidagi chempioni Tom Aspinall Siril Gan bilan bo‘lgan bahsli jangda olgan jarohati sabab ikkala ko‘zi ham operatsiya qilindi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida xabar beradi.

“So‘nggi bir necha oy davomida biz Tom bilan uning sog‘ayishi ustida yaqindan ishladik. Ikkala ko‘zi ham operatsiya qilindi va biz uning ko‘rish qobiliyatini jangga tayyor darajaga qaytarish yo‘lidagi safarimizni davom ettirmoqdamiz”, deyiladi Tom va tibbiyot muassasasi qo‘shma bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 25 oktyabr kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 321 musobaqasida ingliz Tom Aspinall va fransuz Siril Gan o‘rtasidagi chempionlik jangi to‘liq o‘tkazilmaydi, deb e’lon qilingan edi. Birinchi raundda Gan Aspinallning ikkala ko‘ziga ham musht tushirgan. Hakam jangchiga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati sabab jangni to‘xtatgan va yakunda jang rasmiy ravishda o‘tkazilmagan deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC jarohat Tom Aspinall

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing