UFC 311 turniridan so‘ng P4P reytingi yangilandi

Sport

image

UFC 311 turniridan keyin vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar reytingida (P4P) Merab Dvalishvili 7-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yanvar tongida bo‘lib o‘tgan UFC 311 turniri “co main event”ida Umar Nurmuhammedovni mag‘lub etib, kamarini o‘zida saqlab qoldi qolgan Merab Dvalishvili ro‘yxatda ikki pog‘ona ko‘tarildi. Ushbu natijasidan keyin Merab P4P yangilangan reytingida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Avval u 7-o‘rinni qayd etilayotgandi.

Reytingni esa yengil vazn toifasi dominant chempioni dog‘istonlik Islom Maxachev boshqarmoqda. U ham UFC 311 turnirida oktagonga ko‘tarildi va da’vogar Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lubiyatga uchratdi.

P4P reytingi:

1 Islom Maxachev;
2. Jon Jons;
3. Aleks Pereyra;
4. Iliya Topuriya;
5. Merab Dvalishvili;
6. Bilol Muhammad;
7. Drikus Dyu Plessi;
8. Tom Aspinall;
9. Alexandre Pantoja;
10. Leon Edvards.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Islom Maxachev P4P Merab Dvalishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing